Shox Smart Panel sinfdagi panellarni qulflaydi va ularni faqat o‘qituvchi telefonidagi QR kod yoki NFC karta bilan ochadi. O‘qituvchiga darsdan oldin mavzu va uyga vazifa bilan eslatma keladi, dars materiallari esa panelning o‘zida — bir joyda.
1-sonli maktab · 101-xona
Panel qulflangan
QR kod yoki NFC kartani tekkizing
Najimov Sardor
Matematika
yangilanadi: 21 s
Shox Smart Panel bot
hozirgina
🔓 101-xona ochildi
👤 Najimov Sardor · QR kod
⏱ 08:30 – 09:15 (1-dars)
Nega kerak
Maktablarga millionlab so‘mlik panellar qo‘yildi. Ular darsda emas, tanaffusdagi o‘yinlarda ishlatilmasligi kerak.
Muammo
O‘quvchilar paneldan ruxsatsiz foydalanadi, TikTok ochadi, sozlamalarni buzadi.
Yechim
Panel qulflangan, taqiqlangan ilovalar umuman ochilmaydi.
Muammo
Kim, qaysi xonada, qancha vaqt panel bilan dars o‘tganini bilib bo‘lmaydi.
Yechim
Har bir dars tarixda: o‘qituvchi, vaqt, ishlatilgan ilovalar.
Muammo
Umumiy parolni bir hafta ichida butun maktab biladi.
Yechim
Har bir o‘qituvchining shaxsiy, o‘zgarib turadigan QR kodi.
Qanday ishlaydi
O‘rnatish bir kun oladi, o‘qituvchi esa bir daqiqada o‘rganadi.
Saytda so‘rov qoldirasiz. Tasdiqlangach maktab admini login oladi va birinchi kirishda o‘z parolini qo‘yadi.
Panelga ilova o‘rnatiladi va admin panelidagi QR yoki kod bilan maktabga ulanadi. Keyingi yangilanishlar o‘zi keladi.
Dars jadvali Excel fayldan yuklanadi, ish reja (mavzu va uyga vazifa) esa fayl bilan bir marta kiritiladi.
Excel ro‘yxat orqali yoki o‘qituvchi botda telefon raqamini yuboradi — admin tasdiqlaydi va hammasi tayyor.
Imkoniyatlar
Bo‘limni tanlang — har biri maktabdagi real muammoni hal qiladi.
QR kod
O‘qituvchi telefonida, har 30 soniyada yangilanadi
NFC karta
Tekkizdi — ochildi, yana tekkizdi — qulflandi
Masofadan
Admin veb-panel yoki Telegram botdan
O‘qituvchi uchun
Alohida ilova o‘rnatish shart emas: bot va mini ilova o‘qituvchiga kerakli hamma narsani beradi.
Shox Smart Panel
bot
☀️ Ajoyib dars bo‘lsin, ustoz!
🔔 Darsingiz 3 daqiqadan keyin boshlanadi.
📚 Dars: Informatika
👥 Sinf: 5-A
🕒 Dars soati: 2-soat · 13:55–14:40
📝 Dars mavzusi: Asosiy tugmalarni tanlash. Hujjatni chop etish
🏠 Uyga vazifa: 14-15-bet
13:52
Darsdan 3 daqiqa oldin eslatma
Fan, sinf, soat, bugungi mavzu va uyga vazifa — ish rejadan.
Panelni ochish
Mini ilovada QR skaner; internet bo‘lmasa — 6 xonali kod. Bitta tugma.
Fayllar panelga
Taqdimot, video yoki rasmni botga yuboradi — darsda panelda ochadi.
Ish reja yuklash
Botda “📘 Ish reja qo‘shish”: sinfni tanlab faylni yuboradi — barcha parallel sinflarga.
Oson ro‘yxatdan o‘tish
Botda telefon raqamini yuboradi, admin tasdiqlaydi — tamom.
Xayrli tong, Tojiniso! 👋
23-sonli maktab
📅 Seshanba, 6-oktabr● Hozir darsda · tugashiga 18 daq
Informatika
5-A · 2-soat · 13:55–14:40
📝 Asosiy tugmalarni tanlash
📝 Shrift turi va o‘lchami
🏠 10-15-bet
Amalda
Maktabda oddiy kun qanday o‘tadi — tizim hammasini o‘zi bajaradi.
07:30
Direktor Telegram’da kechagi kun xulosasini oladi: nechta dars, qaysi panellar aloqada.
07:57
O‘qituvchiga eslatma keladi: fan, sinf, soat, bugungi dars mavzusi va uyga vazifa.
08:00
O‘qituvchi telefonidagi QR kodni ko‘rsatadi — panel dars oxirigacha ochiladi.
08:02
💻 → “Mening fayllarim”: kecha botga yuborilgan taqdimot panelda ochiladi.
08:45
O‘qituvchining Telegram akkaunti paneldan o‘chiriladi, dars tarixga yoziladi.
08:48
Tanaffusda o‘quvchi ochishga urindi — panel kamerasidan surat adminga yuboriladi.
16:00
Darslar tugagach panellar yangi ilovalarni o‘rnatadi va o‘zini yangilaydi.
Shox Smart Panel
bot
07:30
🚨 204-xona: 6 marta noto‘g‘ri urinish. Panel kamerasidan surat.
Admin uchun Telegram bot
@shoxsmartpanel_bot orqali admin kompyuterga o‘tirmasdan ham hamma narsani ko‘radi va boshqaradi.
So‘rovlarni tasdiqlash
Yangi o‘qituvchi va telefon almashtirish — ✅ / ❌ tugmalari bilan
Panellarni boshqarish
Qulflash, ochish va ekran rasmini olish
Xavfsizlik xabarlari
Begona urinishda panel kamerasidan surat
Ertalabki hisobot
Har kuni 07:30 da kechagi kun xulosasi
Aloqasiz panellar
Panel uzoq vaqt aloqaga chiqmasa — ogohlantirish
Ikki bosqichli kirish
Admin panelga kirish kodi Telegram’ga keladi
Kimlar uchun
QR kodni soxtalashtirish, boshqa telefonga ko‘chirish yoki qayta ishlatish mumkin emas. Urinishlar esa darhol adminga ma’lum bo‘ladi.
Ilovalar
Shu sayt: o‘qituvchilar, panellar, NFC kartalar, dars jadvali va ish reja, ilovalar nazorati, tarix va hisobotlar.
KirishTelegram mini ilova (iPhone va Android): QR skaner, 6 xonali kod, bugungi darslar, mavzu va vazifalar. Android ilovasi ham bor.
Yuklab olishInteraktiv panelga o‘rnatiladi: qulf ekrani, QR skaner, NFC, dars taymeri, 💻 fayllar va Kelajak soati, o‘zini o‘zi yangilaydi.
Yuklab olishPanel
Android 8.0+, kamera yoki NFC o‘quvchi
O‘qituvchi telefoni
Android 8.0+
Internet
Shart emas — bo‘lsa, ma’lumotlar sinxronlanadi
Savollar
Har bir dars boshlanishidan 3 daqiqa oldin Telegram’da: fan, sinf, dars soati, bugungi mavzu va uyga vazifa. Ostida “Panelni ochish”, “Panelga fayl yuborish” va “Paneldagi fayllarim” tugmalari bor.
Telegram botga faylni yuboradi (20 MB gacha). Panelni o‘zi ochganda 💻 → “Mening fayllarim” da ko‘radi. Fayl serverda saqlanmaydi, panelda 60 kun turadi, botda o‘chirilsa paneldan ham o‘chadi.
milliytarbiya.uzedu.uz saytidagi rasmiy materiallar panelning o‘zida ko‘rsatiladi: umumiy hujjatlar, oylar bo‘yicha mavzular, sinf tanlanadi va ssenariy, taqdimot, video ochiladi. Eng so‘nggi mavzu 20 kun internetsiz ham ochiladi.
Android asosidagi interaktiv panellar va smart-doskalarga (Android 8.0 va undan yuqori). QR uchun kamera kerak; kamera bo‘lmasa, panel NFC kartalar bilan ishlaydi. Ekran rasmini olish Android 11+ da ishlaydi.
Panel va o‘qituvchi ilovasi to‘liq offline ishlaydi: QR yoki 6 xonali kod telefonda yaratiladi va panelda tekshiriladi. Foydalanish tarixi qurilmada saqlanadi va internet paydo bo‘lganda serverga yuboriladi. Masofadan boshqaruv va Telegram xabarlari uchun internet kerak.
Admin “Ilovalar nazorati”da bunday ilovalarni taqiqlaydi — ular panel ro‘yxatida ko‘rinmaydi va ochilmaydi. YouTube kabi foydali ilovalarga esa bitta dars uchun vaqt chegarasi qo‘yish mumkin.
Bosh admin maktab admini uchun botni yoqadi. Admin @shoxsmartpanel_bot da Start bosadi, bot bergan Telegram ID ni admin panelga kiritadi va botda “✅ Ha, bu men” ni bosadi. Shundan keyin so‘rovlarni tasdiqlash, panellarni boshqarish va xabarnomalar botda.
O‘qituvchi yangi telefonda o‘sha raqam bilan ro‘yxatdan o‘tadi. Admin so‘rovni (veb yoki botda) tasdiqlashi bilan eski telefon ishlamay qoladi, yangisi avtomatik faollashadi.
Bu Android’ning korporativ rejimi: panel ilovasi qurilmani to‘liq boshqaradi — tizim tugmalari bloklanadi, ilovalar jim o‘rnatiladi va yangilanadi, taqiqlangan ilovalar to‘xtatiladi. Asosiy funksiyalar busiz ham ishlaydi, lekin maktab panellari uchun shu rejimni tavsiya qilamiz. O‘rnatishda yordam beramiz.
Begona urinishdagi surat faqat maktab adminining Telegram’iga yuboriladi. Ekran rasmi faqat admin so‘raganda olinadi, panelda bu haqda xabar chiqadi va serverda 1 kundan keyin o‘chiriladi.
Har bir panel uchun ochilish vaqti alohida sozlanadi (5 daqiqadan 4 soatgacha). Admin kartasi bilan darsni uzaytirish mumkin.
“Maktab adminligiga ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosing va formani to‘ldiring. So‘rov tasdiqlangach sizga login va vaqtinchalik parol beriladi, biz panellarni sozlashda yordam beramiz.
So‘rov qoldiring — biz siz bilan bog‘lanamiz, maktabingizni tizimga qo‘shamiz va panellarni sozlashda yordam beramiz.
Admin bilan bog‘lanish